25-modda. Muzeylarni tashkil etish shartlari
Muzeylar toʻgʻrisida (O‘RQ-177-son) · Sana: 12.09.2008 · Amalda
Muzeylarni tashkil etish uchun quyidagi shartlar majburiydir:
muzey tematikasiga muvofiq muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mavjudligi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash hamda ommaga namoyish etish talablariga javob beradigan moddiy-texnik bazaning, shu jumladan bino (xona yoki xonalar), zarur koʻrgazma jihozlari, muhofaza vositalari hamda yongʻinga qarshi vositalarning mavjudligi;
muzey faoliyatini taʼminlash uchun zarur moliyaviy mablagʻlarning mavjudligi.
Muzey-qoʻriqxonalarni tashkil etish uchun qonunchilikka muvofiq qoʻshimcha shartlar belgilanadi.
