24-modda. Muzeylarni tashkil etish maqsadlari
Muzeylar toʻgʻrisida (O‘RQ-177-son) · Sana: 12.09.2008 · Amalda
Muzeylar quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini aniqlash hamda toʻplash;
madaniy, maʼrifiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini oʻrganish;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini eʼlon qilish.
Muzeylarni ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganidan tashqari boshqa maqsadlar uchun tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
