26-modda. Muzeylarning turlari va toifalari
Muzeylar toʻgʻrisida (O‘RQ-177-son) · Sana: 12.09.2008 · Amalda
Mulk shakliga koʻra davlat va nodavlat muzeylari tashkil etilishi mumkin.
Ixtisoslashuviga koʻra muzeylar:
asosiy faoliyati muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, oʻrganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat boʻlgan muzeylarga;
asosiy faoliyati tarixiy-madaniy qoʻriqxona va u bilan bogʻliq tabiiy landshaft tarkibiga kiradigan moddiy madaniy meros obyektlarini, shuningdek muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, oʻrganish hamda ommaga namoyish etishdan iborat boʻlgan muzey-qoʻriqxonalarga boʻlinadi.
Davlat muzeylari ahamiyatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan toifalarga boʻlinadi.
