14-modda. Ommaviy axborot vositasi muassisi, tahririyati va noshirining ishlab chiqarish, mulkiy va moliyaviy munosabatlari
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Ommaviy axborot vositasining muassisi, tahririyat va noshiri oʻrtasidagi ishlab chiqarish, mulkiy hamda moliyaviy munosabatlar amaldagi qonunlar va shartnoma asosida olib boriladi.
Shartnomada quyidagilar belgilab qoʻyiladi:
tahririyatni saqlab turish uchun mablagʻ;
ommaviy axborot vositasining noshirlik faoliyatidan tushadigan foyda (daromad)ning tahririyat, muassis va noshir tasarrufiga oʻtadigan qismlari;
tahririyat xodimlari uchun zarur darajada ishlab chiqarish sharoiti, turmushi va mehnat qilishi uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish boʻyicha muassis hamda noshirning majburiyatlari.
