15-modda. Nashrga doir maʼlumotlar
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Davriy bosma nashrning har bir sonida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
1) nashrning nomi;
2) muassis;
3) muharrir (bosh muharrir) familiyasi, ismi-sharifi yoki rasmiy taxallusi;
4) davriy nashrlar uchun chiqarilish tartib raqami hamda bosilib chiqqan sanasi, roʻznomalar uchun esa, shuningdek, bosish uchun qoʻl qoʻyilgan vaqt;
5) aloqa korxonalari orqali tarqatiladigan davriy nashrlar uchun indeks;
6) tiraji;
7) narxi;
8) tahririyat, noshir, bosmaxona manzilgohi.
Telekoʻrsatuv, radioeshittirish tahririyati har safar efirga chiqqanda, uzluksiz eshittirish chogʻida esa — bir kecha-kunduzda kamida toʻrt marta telekoʻrsatuv, radioeshittirish tahririyati nomini eʼlon qilishi shart.
