7-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechaklari va farqlovchi nishonlari
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy xizmatga majburlar yigʻinlarda ishtirok etayotganda harbiy unvonni va qoʻshin turini farqlovchi nishonlari boʻlgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.
Harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlar Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
2. Qaysi idoraga tegishli ekanligidan qatʼi nazar, ishchi va xizmatchilar uchun harbiy xizmatchilarning kiyim-kechagini va farqlovchi nishonlarini joriy etish taqiqlanadi.
3. Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega boʻlmagan holda fuqarolarning harbiy kiyimda yurishi, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechaklarini va farqlovchi nishonlarini tahqirlash yoki xoʻrlash Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq jazolanadi
