6-modda. Harbiy lavozimlar
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim boʻlgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi harbiy qismlarining, harbiy boshqaruv idoralari va muassasalarining, harbiy oʻquv yurtlarining shtatlarida nazarda tutiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oliy rahbarlik lavozimlariga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan, boshqa lavozimlarga tayinlash esa Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
2. Harbiy lavozimlar:
oddiy askarlar tarkibi lavozimlari;
serjantlar va starshinalar tarkibi lavozimlari;
praporshchiklar lavozimlari;
ofitserlar tarkibi lavozimlaridan iborat boʻladi.
3. Harbiy xizmatchilar oʻz roziligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida harbiy xizmatdan qoldirilgan, shuningdek ijtimoiy himoyalanish huquqlari saqlangan holda davlat-huquq va mudofaa yoʻnalishidagi vazifalarini bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga ishga yoʻllanishi mumkin.
4. Harbiy xizmatchilarni xizmatda yuqori lavozimga oʻtkazish “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilab beriladi.
