5-modda. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlarning tarkibi hamda ularning harbiy unvonlari
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibiga, praporshchiklar va michmanlar tarkibiga hamda ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.
Ofitserlar tarkibi — kichik, katta va oliy ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.
2. Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qoʻshinlarida harbiy unvonlar — qoʻshinlar unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga boʻlinadi.
Qurolli Kuchlarda quyidagi unvonlar joriy etiladi:
Qoʻshinlar unvonlari Kema tarkibidagi unvonlar Oddiy askarlar tarkibi oddiy askar matros Serjantlar va starshinalar tarkibi kichik serjant 2-darajadagi starshina serjant 1-darajadagi starshina katta serjant bosh starshina starshina kemaning bosh starshinasi Praporshchiklar va michmanlar tarkibi praporshchik michman katta praporshchik katta michman Kichik ofitserlar tarkibi kichik leytenant kichik leytenant leytenant leytenant katta leytenant katta leytenant kapitan kapitan-leytenant Katta ofitserlar tarkibi mayor 3-darajadagi kapitan podpolkovnik 2-darajadagi kapitan polkovnik 1-darajadagi kapitan Oliy ofitserlar tarkibi general-mayor general-leytenant general-polkovnik armiya generali Oʻzbekiston Respublikasi Marshali
Zaxira yoki isteʼfodagi fuqarolarning harbiy unvonlariga tegishincha “zaxiradagi” yoki “isteʼfodagi” degan soʻzlar qoʻshiladi.
3. Harbiy unvonlar “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq beriladi.
4. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan mahrum qilish ogʻir jinoyat uchun mahkum etilganlarida sudning qaroriga binoangina mumkin boʻladi.
Askar, matros, serjant va starshina lavozimlarida (oddiy askar va matros unvoniga ega shaxslardan tashqari) muddatli xizmatni va bitimga binoan xizmatni oʻtayotgan praporshchiklar (michmanlar), harbiy xizmatchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizomiy Ustavida belgilangan tartibdagina harbiy unvondan mahrum etishlari yoki ularning harbiy unvonlari pasaytirilishi mumkin.
5. Harbiy unvonni tiklash “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
