8-modda. Chaqirish yoshiga yetmaganlarni va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilar bilan tayyorgarlik ishlari olib boriladi, bu ish quyidagilarni qamrab oladi: oʻspirinlarni chaqirishga qadar tayyorgarlikdan oʻtkazish; chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisoslari boʻyicha tayyorlash; harbiy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishga tayyorlash; jismoniy jihatdan tayyorlash, davolash-sogʻlomlashtirish ishlari oʻtkazish; umumiy olgan taʼlimining saviyasini oshirish; davlat tilini oʻrgatish; vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
2. Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligi ostida viloyatlar, nohiyalar, shaharlar, shaharlardagi nohiyalarning hokimliklari tomonidan amalga oshirilib, bu idoralar oʻspirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarini pul bilan taʼminlaydilar, moddiy-texnika taʼminotini amalga oshiradilar, oʻquv-moddiy bazasini vujudga keltiradilar va oʻspirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash uchun javobgar boʻladilar.
Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini amalga oshirilishini va bu ishning natijalarini nazorat qilib borish, chaqirishga qadar boʻlgan tayyorgarlikni dasturiy va uslubiy jihatdan taʼminlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek oʻquv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
