13-modda. Harbiy xizmatga tayyorgarlikka jalb etiladigan fuqarolarning huquq va majburiyatlari
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda hunar-texnika taʼlimining oʻquv tashkilotlarida, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining oʻquv tashkilotlarida harbiy-texnika ixtisosliklari boʻyicha tayyorgarlik koʻrishga jalb etilgan fuqarolarning ish oʻrni va egallagan lavozimi ularning yuqoridagi vazifalarni bajarishlarining butun davrida, shu jumladan oʻqish (yigʻin) oʻtkaziladigan joyga borish va orqaga qaytish davrida saqlab qoladi.
2. Chaqiriluvchilarning taʼlim olish (yigʻinlar) davrida ijaraga olgan uy-joylarga qilgan xarajatlari, oʻqish joyga borish va u erdan qaytishning (basharti, boshqa aholi punktiga borish bilan bogʻliq boʻlgan boʻlsa) yoʻlkira qiymati, shuningdek oʻrtacha oylik ish haqi asosiy ish joyida toʻlanadi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek kun kechirishning belgilangan eng kam miqdoridagi nafaqa hokimiyatlar tomonidan toʻlanadi.
3. Harbiy-texnik ixtisoslar boʻyicha chaqirishga qadar tayyorgarlikdan oʻtishga jalb etilgan fuqarolar mashgʻulotlarda qatnashishlari shart.
