18-modda. Litsenziyaga taalluqli vazifalar
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Tijorat banklarini, shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochish tartibi, ularni tashkil etish uchun topshiriladigan hujjatlarning mazmuniga qoʻyiladigan talablar va ruxsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekistondagi banklarni roʻyxatga olishning umumrespublika kitobini yuritadi. Yangi tashkil etilayotgan tijorat banklari banklarni roʻyxatga olish umumrespublika kitobida qayd etilgan paytdan boshlab huquqiy shaxs maqomini oladilar.
3. Tijorat bankini ochishga ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
— litsenziya berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
— taʼsis hujjatlari: taʼsis shartnomasi, bank ustavi, ustav qabul qilinganligi va bankning rahbar organlari tayinlanganligi toʻgʻrisida majlis bayoni;
— iqtisodiy asoslar va zarur hisob-kitob;
— muassislarning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida auditorning yoki auditorlik firmasining xulosasi;
— muassislar taklif qilayotgan bank va uning filiallari rahbarlarining (boshqaruvchi va bosh muxosib) kasb jihatdan muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
— tijorat banki joylashgan erdagi Markaziy banki muassasasining ushbu hududda tijorat bankini ochish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi xulosasi, xalq deputatlari mahalliy Sovetining tijorat bankini ochishga roziligi haqidagi maʼlumot.
Rahbariyat tarkibida oʻzgarishlar sodir boʻlgan taqdirda bank yangi tayinlangan mansabdor shaxslarning professional mahoratini tasdiqlovchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etadi.
4. Chet mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari bilan birgalikda tijorat bankini tuzishga ruxsatnoma olish uchun ushbu moddaning 3-bandida qayd etib oʻtilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar topshiriladi:
a) ajnabiy huquqiy shaxslar:
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etishda qatnashish yoki uning shuʼbasini ochish toʻgʻrisida ajnabiy muassis (ishtirokchi)ning tegishli organi qabul qilgan qaror;
— ajnabiy muassis (ishtirokchi) joylashgan mamlakat nazorat organining muassis (ishtirokchi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank yoki uning shuʼbasini ochishga yozma roziligi, agar shu talab qonunda koʻrsatilgan boʻlsa;
— chet ellik muassis — bankning faoliyati toʻgʻrisida eʼlon qilingan hisobot, respublikaning chet eldagi konsullik muassasalari (respublikaning konsullik muassasasi ochilgunga qadar Rossiyaning konsullik muassasasi) belgilangan tartibda tasdiqlangan (ustav kapitali koʻrsatilgan holda) uning ustavi, boshqa chet el muassislariga nisbatan esa ana shu muassis mamlakatning savdo reyestridan koʻchirma yoki chet el muassisning yuridik maqomini va obroʻ-eʼtiborini isbotlovchi oʻzga bir hujjat;
