3-modda.
OITS bilan kasallanishning oldini olish toʻgʻrisida (298-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalari maʼlum bir shaxs xususida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish yoki uni profilaktika maqsadida kuzatib borish haqida qaror qabul qilgan boʻlsalar, oʻsha shaxs yozma chaqiruvga binoan sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalariga kelishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tekshiruvdan oʻtish yoki profilaktika maqsadidagi kuzatish uchun uzrli sababsiz kelmaganlari taqdirda prokurorning ruxsati bilan sogʻliqni saqlash muassasalarining xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa oʻzlari yashayotgan yoki turgan joydagi militsiya idoralari xodimlari tomonidan sogʻliqni saqlash muassasalariga keltiriladilar.
Tekshiriluvchi kishi sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalarining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda u yuqori turuvchi sogʻliqni saqlash idorasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Oʻziga odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqtirilganligini (OITS bilan kasallanganligini) biladigan hamda profilaktika maqsadidagi kuzatuvdan va davolanishdan ataylab boʻyin tovlab yurgan shaxslar jinoiy javobgar boʻladilar.
