OITS bilan kasallanishning oldini olish toʻgʻrisida (298-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Ushbu Qonunda belgilab qoʻyiladigan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgan shaxslarning odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqtirilganligi (OITS bilan kasallanganligi) haqida maʼlumot olingan taqdirda bunday shaxslar sogʻliqni saqlash idoralari va muassasalari tomonidan ushbu kasallik tarqalishining oldini olish choralariga rioya qilish zarurligi, hamda ataylab boshqa shaxsni virus yuqtirish xavfi ostiga qoʻyganlik va virusni yuqtirganlik uchun jinoiy javobgar boʻlishlari haqida yozma ravishda ogohlantiriladilar.
Oʻzida OITS kasalligi mavjudligini bilgan shaxsning boshqa shaxsni ataylab shu kasallik virusini yuqtirish xavfi ostiga qoʻyishi yoki uni yuqtirishi jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-135360
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 4-modda. OITS bilan kasallanishning oldini olish toʻgʻrisida (298-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-135372/4 (lex.uz/docs/-135360)