2-modda.
OITS bilan kasallanishning oldini olish toʻgʻrisida (298-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, shuningdek ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, mazkur shaxslarga odamning immunitet tanqisligi virusi yuqqan boʻlishi mumkin deb yoki yuqqan deb taxmin qilish uchun tibbiy yoki huquqiy ruhdagi yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalarining qaroriga muvofiq tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari shart.
Virus yuqqanligi aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy istiqomat joylarida profilaktika maqsadida kuzatib borilishi, ajnabiy fuqarolar esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak.
Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish hamda profilaktika maqsadida kuzatib borish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq belgilanadi hamda matbuotda eʼlon qilinishi va tanishish uchun ochiq boʻlishi kerak.
