9-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma
Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida (312-II-son) · Sana: 07.12.2001 · Amalda
Bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma investorga bitim imzolangan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi. Mazkur ruxsatnoma bitim amal qiladigan muddatga beriladi va u bitim shartlariga muvofiq qayta rasmiylashtiriladi yoxud uning amal qilishi tugatiladi.
Agar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan boʻlsa, ruxsatnoma bunday birlashma ishtirokchilaridan biriga berilib, unda mazkur ishtirokchi shu birlashma nomidan ish yuritayotganligi, shuningdek birlashmaning boshqa barcha ishtirokchilari koʻrsatiladi.
