24-modda. Bitim shartlarining barqarorligi
Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida (312-II-son) · Sana: 07.12.2001 · Amalda
Bitimning shartlari u amal qiladigan butun muddat mobaynida oʻz kuchini saqlab turadi. Faqat taraflarning roziligi bilan bitimga oʻzgartishlar kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
Taraflarning kelishuviga binoan bitim shartlariga kiritilgan oʻzgartishlar bitimda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga kiritiladi. Agar bitimning amal qilish muddati mobaynida qonunchilik bilan investorning bitim doirasidagi faoliyatining tijorat natijalarini yomonlashtiruvchi normalar belgilanadigan boʻlsa, bitimda qayd etilgan shartlar amal qiladi. Agar qonunchilik bilan ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklarini, atrof muhitni va fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilish standartlariga (normalariga, qoidalariga) oʻzgartishlar kiritiladigan boʻlsa, mazkur qoida qoʻllanilmaydi.
