11-modda. Soliqdan vaqtincha ozod etish
Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida (225-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Quyidagilar:
1) yuridik shaxs boʻlmish:
a) patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishdan, shuningdek ular uchun litsenziya sotishdan olinadigan daromadlariga, shu jumladan valyuta tushumlariga quyidagilarni qoʻllash boshlangan sanadan eʼtiboran ularning amal qilish muddati doirasida:
patent boʻyicha ixtironi — 5 yil davomida;
dastlabki patent boʻyicha ixtironi — 3 yil davomida;
patent boʻyicha sanoat namunasini — 3 yil davomida;
dastlabki patent boʻyicha sanoat namunasini — 2 yil davomida;
guvohnoma boʻyicha foydali modelni — 2 yil davomida;
b) litsenziatning (litsenziya shartnomasi predmetidan foydalanishdan oladigan daromadlariga, shu jumladan valyuta tushumlariga quyidagilarni qoʻllash boshlangan sanadan eʼtiboran:
patent boʻyicha ixtironi — 5 yil davomida;
dastlabki patent boʻyicha ixtironi — 3 yil davomida;
patent boʻyicha sanoat namunasini — 3 yil davomida;
dastlabki patent boʻyicha sanoat namunasini — 2 yil davomida;
guvohnoma boʻyicha foydali modelni — 2 yil davomida;
mahsulot belgisi yoki xizmat koʻrsatish belgisi —1 yil davomida (litsenziarning mahsulotini ishlab chiqarganda).
2) xorijiy qatnashchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq boʻlgan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlab chiqarishga (uzum vinolari va meva-rezavor vinolar, mast qiluvchi ichimliklar tayyorlashdan tashqari); xalq isteʼmoli mollari va binokorlik materiallari ishlab chiqarishga; tibbiyot uskunalar, qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va uskunalar ishlab chiqarishga; ikkilamchi xomashyoni va roʻzgʻor chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlashga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalar, ularning filiallari va shuʼbalari roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab ikki yil davomida soliq solishdan ozod etiladilar.
3) dehqon (fermer) xoʻjaliklari va xususiy korxonalar qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash, xalq isteʼmoli mollari chiqarish va binokorlik materiallari ishlab chiqarish boʻyicha — roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida soliq solishdan ozod qilinadi.
4) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablagʻlar ajratayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari oʻz ishining dastlabki yetti yilida.
