3-modda
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.01.2004 · Amalda
Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurash va xavfsizlikni taʼminlash sohasida hamkorlikni quyidagi shakllarda amalga oshiradilar:
1) jinoyatning oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va fosh etishga hamda ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq boshqa masalalarni hal etishga yordam berishi mumkin boʻlgan axborotni almashish;
2) shaxslar faoliyati, buyumlar va tegishli hisob-kitoblar boʻyicha hujjatlarni oʻrganish orqali ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatib oʻtilgan jinoyat faktlarini tergov qilishda yordam koʻrsatish;
3) uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatini oldini olishga yoʻnaltirilgan va muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
4) stajirovkalar, maslahatlashuvlar va seminarlarni tashkillashtirish orqali ham tajriba almashish.
