4-modda
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.01.2004 · Amalda
1. Ushbu Bitim doirasida ikkala Tomon oʻrtasidagi hamkorlik boshqa Tomonga yordam koʻrsatish toʻgʻrisida yozma soʻrovni yuborish orqali amalga oshiriladi.
2. Agar Tomonlardan biri olgan axborot, uning fikriga koʻra, boshqa Tomon uchun muhim ahamiyatga ega boʻlsa, bunday axborot bu Tomonga soʻrov olinmasdan turib yuboriladi.
3. Yordam koʻrsatayotgan Tomon davlati soʻrovning bajarilishida uning maxfiyligini taʼminlash borasida zarur choralarni koʻradi.
4. Soʻrovning bajarilishi inson huquqlariga ziyon keltirsa, suverenitet yoki davlat xavfsizligiga zarar keltirsa, yoxud soʻrayotgan Tomon davlatining qonunchiligiga zid boʻlsa, Tomonlardan biri uni butunlay yoki qisman rad etish huquqiga ega boʻladi.
5. Agar Tomonlardan biri yordamni butunlay yoki qisman rad etsa, bu Tomon boshqa Tomonni yozma ravishda rad javobining sabablarini keltirib xabardor etadi.
