2-modda
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.01.2004 · Amalda
1. Tomonlar xavfli jinoyatlarning barcha koʻrinishlarini, xususan quyidagilarning oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va tergov qilishda hamkorlik qiladilar:
1) terrorizm va ekstremizm;
2) uyushgan jinoyatchilik;
3) giyohvand vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy yurgizilishi;
4) qalbaki pul belgilari, qimmatbaho qogʻozlar va kredit kartochkalari, hamda pasportlar, vizalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni tayyorlash va tarqatish;
5) jinoiy faoliyat natijasida olingan daromadlarni qonuniylashtirish;
6) oʻq-dorilar, qurol-yarogʻ, portlatish moslamalari, zaharlovchi, portlovchi moddalar hamda radioaktiv materiallarning noqonuniy yurgizilishi;
7) koʻchar madaniy va tarixiy boyliklarga tajovuz qilish.
2. Tomonlar quyidagilarni amalga oshirishda hamkorlik qiladilar:
1) jinoiy faoliyatga daxldor boʻlgan oʻgʻirlangan buyumlar, shuningdek Tomonlardan birining hududida joylashganligi gumon qilinayotgan transport vositalarining joyini aniqlash;
2) jismoniy shaxslar, aeroportlar, yoʻllar, tonnellar va boshqa obyektlarning xavfsizligini taʼminlash sohasida maslahatlashuvlar oʻtkazish;
3) maʼlumotlarni ishlab chiqish sohasida xavfsizlikni taʼminlash;
4) yetkazib berishni nazorat qilish usulini qoʻllash.
