1-modda
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.01.2004 · Amalda
1. Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashda ushbu Bitim qoidalariga muvofiq oʻzlarining vakolatli organlari orqali hamkorlik qiladilar.
2. Ushbu Bitim maqsadlarida vakolatli organlar quyidagilardir:
— Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoyalash qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi;
— Quvayt Davlati uchun — Ichki ishlar vazirligi.
3. Tomonlar ushbu Bitim kuchga kirgandan keyin bir oy ichida vakolat doirasi, manzili va boshqa axborotni oʻzida aks etgan vakolatli organlar roʻyxatlarini almashadilar. Tomonlar oʻzlarining roʻyxatlariga kiritiladigan har bir oʻzgarish toʻgʻrisida bir-birlarini zudlik bilan xabardor etadilar.
