9-modda
Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 04.04.2007 · Amalda
1. Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
2. Ushbu Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Bolgariya Respublikasi Hukumati oʻrtasida savdo iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida 1998-yil 24-iyunda imzolangan Bitim oʻz kuchini yoʻqotadi.
3. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi.
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilish orqali ushbu Bitim amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Bitim ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon shunday yozma xabar olgan sanadan keyin keluvchi oltinchi oyning birinchi kunida oʻz kuchini yoʻqotadi.
Buning tasdigʻi uchun, quyida qoʻl qoʻyuvchilar, oʻz Hukumatlaridan tegishli ravishda vakolat olib, ushbu Bitimni imzoladilar.
Toshkent shahrida 2007-yil 4-aprelda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, bolgar va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, Ahdlashuvchi Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
(imzolar)
