5-modda
Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 04.04.2007 · Amalda
1. Hukumatlararo Komissiyaning vazifalari:
— ikki tomonlama iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy munosabatlarni rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqish;
— ikki tomonlama iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy munosabatlarni rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini belgilash;
— ikki mamlakat tashkilotlari oʻrtasida iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy munosabatlarni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
— bir-birini qiziqtiradigan sohalarda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish;
— Oʻzbekiston Respublikasi va Bolgariya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy sohalarda imzolangan xalqaro shartnomalar hamda, boshqa ikki tomonlama kelishuvlar, shu jumladan, Hukumatlararo Komissiya qarorlarining ijrosini kuzatib borish;
— ushbu Bitimni tatbiq qilish boʻyicha takliflar taqdim etish;
— bahamjihat harakatning Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishilgan boshqa shakllari.
2. Hukumatlararo Komissiya oʻzbek va bolgar tomonlarining vakillaridan tuziladi.
Har bir Ahdlashuvchi Tomon Hukumatlararo Komissiyaning oʻz qismining “Hamrais” deb ataluvchi Raisini, uning tarkibini va kotibini belgilaydi.
Ayrim masalalarni muhokama qilish uchun Hukumatlararo Komissiya oʻz vakolati doirasida ishchi guruhlarni tuzish va shuningdek ularning vazifalarini hamda masalalarni amalga oshirish muddatlarini belgilashi mumkin.
3. Hukumatlararo Komissiya yigʻilishlari, odatda, bir yilda bir marta navbat bilan Oʻzbekiston Respublikasida va Bolgariya Respublikasida oʻtkaziladi.
Hukumatlararo Komissiya Hamraislari navbatdagi yigʻilishgacha kechi bilan bir oy muddatda yigʻilishni chaqirish va kun tartibi toʻgʻrisida kelishib oladilar. Hamraislarning roziligi bilan yigʻilish kun tartibiga maxsus kiritilmagan masalalar ham muhokama qilinishi mumkin. Har bir Hamraisning taklifiga koʻra Hukumatlararo Komissiyaning navbatdan tashqari yigʻilishini chaqirish yoki Hamraislar uchrashuvini tashkil etish mumkin.
Hukumatlararo Komissiya yigʻilishlariga maslahatchilar va ekspertlarni taklif qilish mumkin.
Hukumatlararo Komissiya yigʻilishlarida ishlatiladigan tillar boʻlib bolgar va rus tillari hisoblanadi.
Har bir yigʻilishda boʻlib oʻtgan muhokama natijalari toʻgʻrisida rus tilida bayonnoma tuziladi.
4. Hukumatlararo Komissiyaning faoliyati bilan bogʻliq masalalar yigʻilishlar oraligʻida ish vaqtida Hukumatlararo Komissiya Hamraislari yoki ularning koʻrsatmalari boʻyicha, kotiblari oʻrtasida muhokama qilinadi.
