3-modda
Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 04.04.2007 · Amalda
Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagi yoʻllar bilan ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish uchun kuchlarini beradilar:
hukumat organlari, tashkilotlari va ishbilarmon doiralari, palatalar hududiy va mahalliy organlar iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jumladan bir-birini qiziqtiradigan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy axborot, Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va biznes vakillari tashriflari bilan almashish;
ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi yangi aloqalar oʻrnatilishini ragʻbatlantirish va mavjud aloqalarni kengaytirish, oʻzaro aloqalarni amalga oshirish;
biznes-axborot almashish, xalqaro yarmarkalar va koʻrgazmalarda ishtirok etish, ishbilarmon doiralar vakillari uchun tadbirlarni (seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar va davra suhbatlari) tashkil etishda koʻmaklashish;
ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarda kichik va oʻrta biznesning rolini oshirishda koʻmaklashish;
oʻzaro manfaatli sohalarda marketing, konsalting va ekspert xizmatlari koʻrsatishda hamkorlik qilish;
moliya institutlari va bank tuzilmalari oʻrtasida yanada yaqinroq aloqalar va hamkorlikni rivojlantirish;
ikki tomonlama investitsion va turistik faoliyatni rivojlantirishga koʻmaklashish;
ikki mamlakat kompaniyalarining vakolatxona va filiallarini ochishda hamda qoʻshma korxonalar tuzishda koʻmaklashish;
xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirish;
uchinchi mamlakatlar bozorlarida hamkorlikni kengaytirish;
dasturlar va loyihalar toʻgʻrisida maʼlumotlar almashish va ularni amalga oshirishda tadbirkorlarning ishtirok etishiga koʻmaklashish.
