2-modda
Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 04.04.2007 · Amalda
Ahdlashuvchi Tomonlar asosan quyidagi sohalarda ikki tomonlama keng hamkorlikni amalga oshirish uchun kuchlarini beradilar:
1. Sanoat, shu jumladan yengil sanoat, mashinasozlik, metallurgiya, qayta ishlash sohalari, elektronika va elektromashinasozlik, kimyo va neftni qayta ishlash sohalari;
2. Farmatsevtika ishlab chiqarishi;
3. Qishloq xoʻjaligi, oʻsimlikshunoslik va chorvachilik, oziq-ovqat sanoati;
4. Oʻrmon xoʻjaligi;
5. Harbiy-iqtisodiy hamkorlik;
6. Energetika;
7. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati;
8. Qurilish va qurilish sanoati;
9. Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari;
10. Transport va logistika;
11. Turizm;
12. Atrof muhitni muhofaza qilish;
13. Sarmoyalar jalb qilishda koʻmaklashuv;
14. Kichik va oʻrta tadbirkorlar oʻrtasida hamkorlik;
15. Taʼlim;
16. Sogʻliqni saqlash;
17. Ilm-fan, texnika va texnologiya, shu jumladan yuqori texnologiyalar.
