3-modda
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 06.10.2003 · Amalda
1. Hamkorlik yadro xavfsizligini yaxshilashni ragʻbatlantiradi hamda unga koʻmaklashadi, shu jumladan yadro xavfsizligining ilmiy-kafolatlangan va xalqaro qabul qilingan qonun-qoidalarini aniqlash va qoʻllashga, shuningdek Tomonlarga taalluqli darajada yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirishga yordam beradi.
2. Hamkorlik keng miqyosli boʻlib, quyidagi sohalarni ham oʻz ichiga oladi:
a) Radioaktiv xavfsizlik;
Xavfsizlik standartlarining tadqiqoti, tartibga solib boriladigan aspektlari, ishlanmalari, kam dozali effektlar, sanoatdan ifloslanish, xodimlar va dozirovkalarni prognozlash hamda avariya holatidan keyingi boshqaruv masalalarini alohida eʼtibor bilan oʻqitish va tayyorlash;
b) Yadro chiqindilari boshqaruvi;
Geologik chiqindilar va yadro chiqindilari boshqarilishini baholash va optimizatsiyalash;
c) Yadro materiallari xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlanmalari;
Yadro materiallari oʻlchovlari texnikasi tadqiqoti va ishlanmalari hamda muhofaza choralari uchun tegishli materiallar xarakteristikasi hamda yadro materiallari boʻyicha hisobotlar va ular ustidan nazorat tizimini ishlab chiqish;
d) Yadro va radioaktiv materiallarining noqonuniy tranzitiga yoʻl qoʻymaslik;
Hamkorlik yadro va radioaktiv materiallari ustidan nazorat usullari va texnikasini ham oʻz ichiga oladi.
3. Tomonlarning kelishuvi asosida ularning qonunchiligi doirasida hamkorlikning boshqa sohalari ham qamrab olinishi mumkin.
