2-modda
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 06.10.2003 · Amalda
1. Tomonlar 3—7-moddalarda qayd etilgan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishning quyida sanab oʻtiladigan sohalarida hamkorlik qiladilar:
a) yadro xavfsizligi (3-modda);
b) a) kichik band (6-modda)da qayd etilmagan, boshqa sohalardagi ilmiy tadqiqot ishlanmalari;
c) yadro materiallari savdosi va atom-yonilgʻi turkumidagi xizmatlar shartlari (7-modda);
d) oʻzaro manfaatli boshqa sohalar (8-modda).
2. Tomonlar oʻrtasidagi ushbu bandda qayd etilgan hamkorlik Oʻzbekiston bilan Hamjamiyat tomonidan belgilangan vakolatli shaxslar va organlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
