4-modda
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 06.10.2003 · Amalda
1. Hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
— maʼruzalar, tashriflar, seminarlar, texnik uchrashuvlar kabi tadbirlar vositasida texnikaviy axborot va maʼlumotlar almashuvi;
— ikkala tomonning laboratoriya va/yoki organlarining xodimlarini almashish, shu jumladan ularni oʻqitish;
— eksperimental maqsadlarda namunalar, materiallar, asbob-uskunalar va apparatlar almashuvi;
— qoʻshma tadqiqotlar va faoliyatda teng tarzda ishtirok etish.
2. Zaruriy hollarda, Tomonlar va/yoki organlar hamkorlik amalga oshiriladigan soha, uning shartlari va muddatlarini aniqlash maqsadida, oqibat natijada istalgan tomon yuqorida qayd etilgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin boʻlgan chora-tadbirlar joriy qilishi mumkin.
Bunday tarzda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar moliyalash, boshqaruv masʼuliyati topshirish hamda maʼlumotlar tarqatish va intellektual mulk huquqlari boʻyicha batafsil shart-sharoitlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
3. Harakat-tadbirlar takrorlanishini kamaytirish maqsadida, Tomonlar, ushbu Bitimga asosan oʻz faoliyatlarini oʻzlari unda tomon hisoblanuvchi, yadro xavfsizligiga taalluqli boʻlgan boshqa xalqaro tadbirlar bilan muvofiqlashtirish uchun bor imkoniyatlardan foydalanadilar.
