4-modda.
Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
Shartnomalar va kontraktlar hamkorlikni amalga oshirish masalalarini, uning iqtisodiy va tashkiliy shartlarini, chunonchi:
— hamkorlikning maqsadlari va mazmuni, vazifalari va undan kutilayotgan natijalar, ularning muddatlari va amalga oshirish shartlari;
— oʻzaro moliyaviy majburiyatlar;
— ilmiy-texnik obyektlardan birgalikda foydalanish tartibi, shuningdek birgalikdagi tadqiqotlar natijalaridan foydalanish va birgalikdagi ilmiy faoliyat davomida olingan intellektual mulk huquqlarini taqsimlash masalalari;
— nizoli masalalarni hal qilish tartibi va hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslar hamkorlik doirasida zimmalaridagi majburiyatlarini bevosita bajarayotgan vaqtda sheriklarga keltirishi mumkin boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash tartibi;
— hamkorlikda uchinchi davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar shaxslarining ishtirok etishi, bunday ishtirokni moliyaviy taʼminlash va hamkorlik natijalaridan foydalanish tartibi;
— axborotning ishonchliligi va hamkorlik jarayonida bir-biriga beriladigan materiallar va uskunaning sifati uchun masʼuliyatni aniqlab berishi kerak.
