3-modda.
Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
Ilmiy-texnikaviy hamkorlik ikki mamlakatning vazirliklari, idoralari, fanlar akademiyalari, ilmiy tashkilotlari (milliy ilmiy markazlar, ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari), oliy oʻquv yurtlari, ayrim olimlari va mutaxassislari tomonidan, ularning vakolatlari doirasida, Tomonlar davlatlari milliy qonun hujjatlariga muvofiq boʻladigan shartnomalar va kontraktlar asosida amalga oshiriladi.
Hamkorlikka umumiy rahbarlik va muvofiqlashtirishni Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalar markazi, Qozogʻiston tomonidan — Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi amalga oshiradi.
Mazkur vakolatli organlarning nomlari yoki vazifalari oʻzgarganda Tomonlar diplomatik kanallar orqali oʻz vaqtida xabardor boʻladilar.
