5-modda.
Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
— chuqur ilm talab qiladigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni yaratish va oʻzlashtirish boʻyicha qoʻshma ilmiy-tadqiqot dasturlarini, loyihalarini amalga oshirish;
— Tomonlar davlatlarining ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida, oliy oʻquv yurtlarida, texnoparklarida, arxiv, kutubxona va muzeylarida ilmiy ishlar, shu jumladan qoʻshma dala tadqiqotlari va ekspeditsiyalar oʻtkazish;
— Tomonlar davlatlari qonun hujjatlari belgilagan tartibda fan-texnika axboroti, hujjatlarini almashish, adabiy va bibliografik nashrlar oʻrtasida kontraktlar tuzish;
