4-modda
Veterinariya-sanitariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 24.11.2003 · Amalda
Ahdlashuvchi Tomonlar hayvonlarni yuqumli va parazit kasalliklarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha muayyan davlatda mavjud boʻlgan yoʻriq va dasturlarni qoʻllashning shart-sharoiti hamda usullari toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar hayvonlar, hayvonlardan olingan oziq-ovqatlar va materiallarni, hayvonlar uchun ozuqalarni, veterinariya preparatlarni, biologik materiallar va kolleksiyalash uchun hayvonlardan tayyorlangan narsalarni olib kirish, olib chiqish hamda tranzit qilishdagi veterinariya-sanitariya talablari, shuningdek katta miqdorda iqtisodiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan zaharli oziq-ovqatlar, radioaktiv va boshqa moddalar hamda boshqalarga tegishli yuqumli boʻlmagan kasalliklar yuzaga kelganda qoʻllaniladigan choralar toʻgʻrisida axborot almashadilar.
