5-modda
Veterinariya-sanitariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 24.11.2003 · Amalda
Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagilarni amalga oshiradilar:
1) veterinariya-meditsina faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan normativ hujjatlar va boshqa maxsus nashrlarni almashtirish;
2) veterinariya-meditsina sohasidagi maxsus uchrashuvlar va yigʻilishlar toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladilar, shu bilan birga ularda ikkala Ahdlashuvchi Tomon mutaxassislari ishtirok etishi mumkin;
3) veterinariya faoliyatini rivojlantirish va yanada mukammallashtirish uchun, veterinarlarning kasbiy malakasini oshirish uchun mutaxassislar almashish, tajriba va bilim almashish orqali veterinariya-meditsina fani, taʼlim va veterinariya xizmatini amaliy tashkil qilish sohasida hamkorlikni amalga oshiradilar.
