3-modda
Veterinariya-sanitariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 24.11.2003 · Amalda
Ushbu Konvensiya qoidalari quyidagilarga qoʻllanadi:
1) barcha turdagi jonivorlar (jumladan qushlar, moʻynali hayvonlar, laboratoriya, hayvonot bogʻi, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, dengiz jonivorlari, asalarilar, baliqlar va boshqa gidrobiontlar, hayvonlarning homila, cigot, tuxumhujayralari va maniy, inkubatsiya uchun tuxum va urugʻlantirilgan ikra);
2) hayvonlardan tayyorlangan oziq-ovqatlar — goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq, tuxum hamda asalarichilik mahsulotlari;
3) hayvonlardan tayyorlangan materiallar — teri, jun, moʻyna, par, pat, endokrin va oshqozon materiallar, qon, suyak va boshqa turdagi materiallar;
4) hayvonlar uchun ozuqalar;
5) veterinariya preparatlari, biologik materiallar va kolleksiyalash uchun hayvonlardan tayyorlangan narsalar.
