2-modda
Veterinariya-sanitariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 24.11.2003 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Tomonlar nobop zonalar, obyektlar, kasallangan hayvonlar turi va soni, kasalliklarning shakli va kechishi, infeksiyalar tarqalishining taxmin qilinayotgan yoʻllari, qoʻzgʻatuvchi turi, shuningdek kasallikni cheklash va bartaraf qilish uchun koʻrilgan choralarni koʻrsatgan holda Xalqaro epizootiya byurosining (XEB) “A” roʻyxatidagi kasalliklar paydo boʻlishi toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar zooantroponoz kasalliklar paydo boʻlganligi, hayvonlarda yoki hayvonlardan tayyorlangan oziq-ovqatlarda odamlar hamda hayvonlar salomatligi uchun xavfli boʻlgan, kelib chiqishi biologik, kimyoviy boʻlgan moddalar, mexanik aralashmalar mavjudligi toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladilar.
3. Zarur hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlar hayvonlarda paydo boʻlgan kasalliklarga tashxis qoʻyish borasida bir-birlariga oʻzaro yordam koʻrsatadilar, bu borada oʻrnatilgan xalqaro veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda bakteriya va virus shtammlarni almashishlari mumkin.
