6-modda
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 10.07.2003 · Amalda
1. Quyidagi tashuvlar uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:
1) koʻchayotganda qoʻzgʻatish mumkin boʻlgan mulkni tashishda;
2) yarmarkalar va koʻrgazmalar uchun, shuningdek notijorat xarakterdagi tadbirlarga moʻljallangan material hamda uskunalar, shu jumladan sanʼat asarlarini tashishda;
3) sport tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan transport vositalari, hayvonlar, shuningdek sport jihozlari va mulkni tashishda;
4) teatr dekoratsiyalari va rekvizitlar, musiqa asboblari, faqat axborot hamda reklama maqsadlari uchun moʻljallangan material va jihozlar, kinoni suratga olish, radioeshittirishlar, televizion koʻrsatuvlar hamda sirk tomoshalari uchun moʻljallangan uskunalarni tashishda;
5) vafot etganlarning murdalari va jasadlarini tashishda;
6) insonparvarlik yordami va meditsina yordamini bajarishda, qutqaruv xizmati yoki tabiiy ofat oqibatlarida;
7) yuk koʻtarishi, tirkamalarni ham qoʻshib hisoblaganda 3,5 tonnadan oshmaydigan yoki toʻla ogʻirligi, tirkamalarni ham qoʻshib hisoblaganda 6 tonnagacha boʻlgan avtotransport vositalari bilan yuk tashishda.
2. Quyidagilarni oʻtkazishda ruxsatnoma talab qilinmaydi:
1) uchinchi mamlakat hududida yoki boshqa Tomon davlati hududida shikastlangan avtotransport vositalaridan yuklarni ortishga va ularni almashtirishga moʻljallangan yuksiz avtotransport vositalariga;
2) yoʻl texnik yordami avtotransport vositalariga.
3. Tomonlar ushbu moddaning 1- va 2-bandida koʻrsatilgan ruxsatnomalar talab qilmaydigan tashuvlardan tashqari boshqa tashuvlarning ruxsatnomasiz amalga oshirilishini kelishib olishlari mumkin.
