7-modda
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 10.07.2003 · Amalda
1. Avtotransport vositalarining umumiy ogʻirligi, oʻqqa tushgan bosim yoki oʻlchamlari yuk bilan yoki yuksiz ushbu Tomon davlat hududida belgilangan meʼyordan ortiq boʻlsa, mazkur tashuvlar boshqa Tomon davlatining ichki qonunchiligi tomonidan belgilangan maxsus ruxsatnomalarni talab qiladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan maxsus ruxsatnomalar, avtotransport vositasining harakatlanishini maʼlum bir yoʻnalish boʻyicha chegaralashi yoki boshqa majburiyatlar va cheklashlar qoʻyishi mumkin.
3. Maxsus ruxsatnoma ushbu Bitimning 5-modda 1-bandida koʻrsatilgan ruxsatnomalarning oʻrnini bosadi.
4. Xavfli va harbiy maqsadlarda qoʻllaniladigan yuklarni tashish va shuningdek Tomonlar davlati hududidan ularni tranzit olib oʻtish, Tomonlar davlati ichki qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
