5-modda
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 10.07.2003 · Amalda
1. Tomonlar hududlari oʻrtasida ularning hududlari orqali tranzit tarzida oʻtadigan va uchinchi davlatga tranzit tarzida boradigan yoki uchinchi davlatdan keladigan yuklarni tashish Tomonlar vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi, ushbu Bitimning 6-moddasida koʻrsatilgan tashishlar bundan mustasnodir.
2. Har bir qatnov va har bir avtotransport vositasiga alohida ruxsatnoma berilishi kerak. Har bir ruxsatnoma bir marta borish va qaytishni amalga oshirish huquqini beradi. Yuksiz tashuvlarga ham ruxsatnoma talab qilinadi.
3. Tomonlarning vakolatli organlari har yili kelishilgan miqdordagi ruxsatnomalarni almashadilar.
4. Shatakli avtomobil va tirkama yoki yarim tirkama har xil davlatda roʻyxatdan oʻtgan avtoyoʻl toʻplamining harakatlanishida shatakli avtomobil Tomonlardan birining davlati hududida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, ushbu Bitim qoidalari butun avtoyoʻl toʻplami uchun qoʻllaniladi.
5. Ruxsatnomalar bir taqvimiy yil davomida haqiqiydir.
