4-modda
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 10.07.2003 · Amalda
1. Yoʻlovchilarni avtobuslarda nomuntazam tashish ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi, qachonki:
1) avtobus faqat bitta yoʻlovchilar guruhini ikkala yoʻnalishda, yoʻlovchilarni boshqa Tomon davlati hududida almashtirmasdan yoki tushirib qoldirmasdan tashisa;
2) avtobus toʻgʻri yoʻnalishdagi tashishni yoʻlovchilar bilan amalga oshirsa, teskari yoʻnalishda esa avtobusning qatnovi yoʻlovchilarsiz amalga oshirilsa;
3) oldindan xuddi shu avtobus tomonidan yetkazib qoʻyilgan yoʻlovchilarni olish va qaytib olib kelish maqsadida qatnov amalga oshirilsa.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan tashuvlarni amalga oshirishda avtobus haydovchisi Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan tasdiqlangan nusxaga muvofiq yoʻlovchilarning nomma-nom roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
