356-modda. Soliq solinadigan baza
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Ushbu Kodeksning 355-moddasiga muvofiq quyidagilar chegirib tashlangan holda hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solinadigan bazadir:
1) davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar;
2) toʻlov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar;
4) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular qaysi davrda paydo boʻlgan boʻlsa, oʻsha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻtkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak;
5) koʻp oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan boʻlsa;
6) mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatishda ularning ilgari qayta baholashlardagi qiymatining kamayishi summasidan ortgan qismi hisobiga olingan boshqa daromadlar;
Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:
2) lotereya oʻyinlarini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun — yutuq (mukofot) fondining summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq boʻlmagan miqdoriga;
3) brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan birjaga oʻtkaziladigan vositachilik yigʻimi summasiga;
4) vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun — realizatsiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda toʻlangan bojxona toʻlovlari summasiga.
5) turistik faoliyat subyektlari uchun — turistik xizmatlarni onlayn-bronlashtirish va sotish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga.
“6) kalendar yil mobaynida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan belgilangan eng yuqori chegaraviy miqdordan oshganligi sababli yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — qatʼiy belgilangan soliqni toʻlash davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan baza quyidagilarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi:
