Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq toʻlanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi, ushbu Kodeksning 308-moddasida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno.
Ushbu Kodeks 306-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga toʻlanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1286558
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 307-modda. Soliq solinadigan baza Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-1286689/307 (lex.uz/docs/-1286558)