280-modda. Soliq solish obyekti
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda boʻlgan yer uchastkalari soliq solish obyektidir.
Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohil boʻyi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bogʻlar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy chiqindilarni yigʻish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);
zaxira yerlar.
