276-modda. Soliq stavkasini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Jismoniy shaxslar soliq solish obyektlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanganda yoxud bu obyektlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan yashash uchun moʻljallanmagan binolar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi hamda ushbu Kodeksning 275-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, mol-mulk soligʻi jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.
