Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Soliq solinadigan baza quyidagilardir:
koʻchmas mulk boʻyicha — oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. Koʻchmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari va ishga tushirilmagan asbob-uskunalar boʻyicha — tugallanmagan qurilishning va oʻrnatilmagan asbob-uskunalarning oʻrtacha yillik qiymati.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan ushbu mol-mulkning oʻrtacha yillik qiymati soliq solinadigan bazadir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1286558
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 267-modda. Soliq solinadigan baza Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-1286689/267 (lex.uz/docs/-1286558)