265-modda. Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilar quyidagilardir:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz mulkida koʻchmas mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari. Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, shu shaxs soliq toʻlovchidir.
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmaydi:
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan mol-mulk boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilar boʻladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida koʻrsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi;
yagona yer soligʻini toʻlovchilar, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
