220-modda. Hisobga olinadigan soliq summalariga tuzatish kiritish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Ilgari hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi quyidagi hollarda hisobga olishdan chiqarib tashlanishi kerak:
ushbu Kodeksga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun yuridik shaxslar tomonidan foydalanilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha;
ushbu Kodeks 218-moddasining birinchi qismida belgilangan qoidalarga rioya etilmagan taqdirda.
qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalardan, bunday normalar mavjud boʻlmaganda esa soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan normalardan ortiqcha moddiy resurslar boʻyicha yoʻqotishlar va buzilishlar.
issiq suv taʼminoti (hisobga olish asboblari mavjud boʻlmagan taqdirda) va markaziy isitish uchun tasdiqlangan isteʼmol normalaridan ortiq miqdorda aholiga yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi boʻyicha.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga (qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlamaydiganlar toifasiga) oʻtganda ilgari hisobga olingan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari, uzoq muddatli aktivlar, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari boʻyicha hisobga olishga kiritilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritiladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyoz berilganligi munosabati bilan soliq solinmaydigan oborotlar yuzaga kelgan soliq toʻlovchilarga ham tuzatish kiritishning shunga oʻxshash tartibi tatbiq etiladi.
Ushbu Kodeks 205-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati oʻzgarganda sotib oluvchi ilgari hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tegishli tarzda tuzatish kiritadi.
Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelgan soliq davrida amalga oshiriladi.
