219-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Quyidagilar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisobga olinmaydi:
1) 2019-yilning 1-yanvariga qadar sotib olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha; tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalanilmaydigan yoki soliq solinmaydigan aylanma maqsadida foydalaniladigan, sotib olinadigan koʻchmas mulk boʻyicha.
2) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan foydalanish uchun olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha;
4) Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha;
5) tekinga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha, bundan oluvchi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha ushbu Kodeksning 218-moddasi birinchi qismining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlangan hollar mustasno;
6) ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlarni amalga oshirish maqsadida olingan mol-mulk boʻyicha.
