178-modda. Boshqa daromadlar
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) pensiyalar va qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar;
2) stipendiyalar;
3) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam;
4) donorlik uchun pul mukofotlari;
5) alimentlar;
6) hayvonlarni (qoramol, parranda, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;
7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;
8) musobaqalarda, koʻriklarda, tanlovlarda sovrinli oʻrinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
9) yutuqlar;
10) grant beruvchidan olingan grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari boʻyicha olingan summalar;
11) jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular boʻyicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari;
12) yaratilgan fan, adabiyot va sanʼat asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;
13) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan jismoniy shaxslar olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti va sovgʻalar;
14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
15) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar;
16) moddiy yordam tariqasida:
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan toʻlovlar;
xodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoxud sogʻligʻiga boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar;
