176-modda. Mulkiy daromadlar
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa, kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi farq daromad deb eʼtirof etiladi;
5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutugʻiga berilgan patent (litsenziya) egasi boʻlgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
6) royalti;
8) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlaganidan keyin xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xoʻjaligi boshligʻi ixtiyorida qoladigan foyda summasi.
