173-modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot;
2) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi qoidasida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar;
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;
4) taʼtilga qoʻshimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 178-moddasining 16-bandida nazarda tutilmagan moddiy yordam;
5) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar;
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun toʻlov.
7) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar.
